ZARAFSHON DARYOSI SUVI GIDROKIMYOVIY KO’RSATGICHLARINING ZOG’ORABALIQ (CYPRINUS CARPIO) POPULYATSIYASIGA TA’SIRI.
Keywords:
Keywords: Ixtiofauna, minerallanish darajasi, populyatsiya, Cyprinus carpio,kislorod rejimi,gidrokimyoviy ko’rsatgichlar.Abstract
Zarafshon daryosining turli gidrokimyoviy kesimlarida suv sifat ko‘rsatkichlarining ixtiofauna, xususan, zog‘orabaliq (Cyprinus carpio) populyatsiyasining biologik va ekologik holatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida daryoning yuqori, o‘rta va quyi oqimlarida suvda erigan kislorod (O2), minerallanish darajasi, nitratli birikmalar (NOx), sulfatlar (SOx),xloridlar (Cl-) konsentratsiyasining dinamikasi o‘rganildi. Natijalar daryoning antropogen va qishloq xo‘jaligi oqova suvlari bilan ifloslangan quyi oqimi hududlarida mineralizatsiya darajasining ortishi va kislorod rejimining yomonlashishi Cyprinus carpio ning o‘sish ko‘rsatkichlariga, morfometrik ko’rsatgichlariga populyatsiyasining tarqalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlandi. Olingan natijalar Zarafshon daryosi ixtiofaunasini muhofaza qilish, baliqchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish hamda daryo ekotizimini ekologik monitoring qilishda amaliy ahamiyatga ega.
References
1.Lakaev Q.R., Mamedov S.M. Zarafshon daryosi quyi oqimi gidrologik va gidrokimyoviy rejimining oʻzgarish dinamikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
2.Ismoilov H.I., Rahmatullaev A.A. Oʻzbekiston daryolarining antropogen ifloslanishi va suv sifatini monitoring qilish asoslari. — Toshkent: Universitet, 2020.
3.Kamilov B.G., Mirabdullayev I.M. Oʻzbekiston suv havzalari ixtiofaunasi va baliqlar ekologiyasi. — Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019.
4.Mirzayev U.T., Xurramov F.R. Gidrokimyoviy omillarning baliqlar ontogenezi va oʻsish surʼatiga taʼsiri // Oʻzbekiston biologiya jurnali, 2021. — № 3. — B. 45-50.
5.Izzatullayev Z. Markaziy Osiyo suv havzalari gidrobiologiyasi va uning muhofazasi. — Samarqand: Zarafshon, 2017.
6.Boymurodov X. Zarafshon daryosi havzasi ekotizimlarining hozirgi holati va ularni muhofaza qilish yoʻllari. — T.: Fan, 2022.
7.ГОСТ 17.1.5.05-85. Охрана природы. Гидросфера. Общие требования к отбору проб поверхностных и морских вод, льда и атмосферных осадков. — Москва: Стандартинформ, 2008.