RAQAMLI ISHLAB CHIQARISHDA METROLOGIK KUZATUVCHANLIKNI TA’MINLASH
Keywords:
Keywords: raqamli ishlab chiqarish, metrologiya, metrologik kuzatuvchanlik, o‘lchashlar yagonaligi, o‘lchash vositalari, kalibrlash, qiyoslash, o‘lchash noaniqligi, etalon, raqamli texnologiyalar, sifat nazorati, avtomatlashtirilgan o‘lchash tizimlari.Abstract
Mazkur tezisda raqamli ishlab chiqarish sharoitida metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, intellektual o‘lchash vositalari va sensor qurilmalaridan keng foydalanilishi o‘lchash natijalarining aniqligi, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligini ta’minlash masalasini yanada dolzarb etmoqda. Metrologik kuzatuvchanlik o‘lchash natijasini hujjatlashtirilgan va uzluksiz kalibrlash zanjiri orqali tegishli etalonlarga bog‘lash imkonini beruvchi muhim metrologik tamoyil sifatida qaraladi. Tezisda mahalliy metrologiya va o‘lchashlar yagonaligini ta’minlashga oid ilmiy-o‘quv adabiyotlar asosida raqamli ishlab chiqarishda metrologik kuzatuvchanlikning o‘rni, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash, o‘lchash natijalarining ishonchliligini ta’minlash, ma’lumotlarni raqamli qayd etish hamda ishlab chiqarish sifatini boshqarish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli ishlab chiqarish tizimlarida metrologik kuzatuvchanlikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1.Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. — Toshkent: Lesson Press, 2015.
2.Metrologiya va o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash. — Toshkent: Zebo Prints, 2025.
3.Metrologiya asoslari. — Toshkent, 2013.
4.Metrologiya asoslari. — Toshkent: Asian Work House, 2020.
5.Standartlashtirish asoslari. — Toshkent: DM NASHR SERVIS, 2019.
6.Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish. — Toshkent, 2017.
7.O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash. — Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi, 2020.
8.O‘lchash usullari va vositalari. — Toshkent: Universitet nashriyoti, 2020.
9.Metrologiya asoslari (nazariy metrologiya). — Toshkent, 2020.
10.O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni.
11.O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni.