GIPEROKSIGENATSIYANING TALOQ MORFOLOGIYASIGA TA'SIRI: ADABIYOTLAR SHARHI
Keywords:
Keywords: Tadqiqotning maqsadi: giperoksigenatsiyaning taloq morfologik va immunogistokimyoviy tuzilishiga ta'siri bo'yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish hamda ushbu yo'nalishdagi yechilmagan masalalarni aniqlashdan iborat.Abstract
Kirish. Zamonaviy reanimatologiya va intensiv terapiya amaliyotida kislorod bilan davolash hayotiy muhim a'zolar funksiyasini ushlab turishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, so'nggi yillarda o'tkazilgan yirik klinik tadqiqotlar va meta-tahlillar liberal oksigenoterapiya rejimlari og'ir ahvoldagi bemorlarda o'limning ortishi bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu holat giperoksiyaning a'zolar darajasidagi morfologik oqibatlarini chuqurroq o'rganish zaruratini keltirib chiqardi. Taloq organizmdagi eng yirik ikkilamchi limfoid a'zo bo'lib, boy qon ta'minoti, yuqori metabolik faolligi va tez bo'linuvchi limfoid hujayralarga boyligi tufayli oksidlanish stressiga alohida sezuvchan hisoblanadi. Biroq giperoksiyaning aynan taloq morfologiyasiga ta'siri bo'yicha to'plangan ma'lumotlar tarqoq va tizimlashtirilmagan.
References
1.Cesta MF. Normal structure, function, and histology of the spleen // Toxicol Pathol. 2006;34(5):455–465.
2.Mebius RE, Kraal G. Structure and function of the spleen // Nat Rev Immunol. 2005;5(8):606–616.
3.Steiniger BS. Human spleen microanatomy: why mice do not suffice // Immunology. 2015;145(3):334–346.
4.Elmore SA. Enhanced histopathology of the spleen // Toxicol Pathol. 2006;34(5):648–655.
5.Crapo JD, Barry BE, Foscue HA, Shelburne J. Structural and biochemical changes in rat lungs occurring during exposures to lethal and adaptive doses of oxygen // Am Rev Respir Dis. 1980;122(1):123–143.
6.Chu DK, Kim LHY, Young PJ, et al. Mortality and morbidity in acutely ill adults treated with liberal versus conservative oxygen therapy (IOTA) // Lancet. 2018;391(10131):1693–1705.