SILOS UCHUN YETISHTIRILAYOTGAN MAKKAJO‘XORI DURAGAYLARINING YIG‘IB-OLISH MUDDATI VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINING ILMIY ASOSLARI
Keywords:
Keywords: makkajo‘xori, duragay, silos, yig‘ib-olish muddati, quruq modda, sut-mum pishish davri, fermentatsiya, pH, NDF, kraxmal, oziqaviy qiymat, ozuqa bazasi.Abstract
Maqolada silos uchun yetishtiriladigan makkajo‘xori duragaylarida yig‘ib-olish muddati va silos sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik xorijiy hamda mahalliy ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotlar pishish bosqichining uzayishi quruq modda va kraxmal hosilini oshirishi, oqsil hamda ayrim hazmlanuvchanlik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishini ko‘rsatadi. Genotip, yig‘im bosqichi va siloslash muddati silosning pH, tekstura va quruq modda yo‘qotilishiga ta’sir qiladi. O‘zbekiston sharoitida istiqbolli duragaylar uchun optimal yig‘ib-olish muddatini aniqlash bo‘yicha maxsus dala tajribalarini o‘tkazish zarur.
References
1.Khan N., Shah T.A., Akhtar H.M.S. Influence of maize genotypes and harvest stages on in-silo fermentation quality and nutritional value of corn silage during hot summer condition of the tropics // BMC Plant Biology. – 2024. – Vol. 24, 490.
2.Kitaw G., Terefe G. Effect of maize (Zea mays L.) genotypes, harvesting stages and ensiling periods on fermentation and nutritional value of silage // Grass Research. – 2024. – Vol. 4, e009.
3.Tavares Q.G. Maturity stage at harvest on the chemical composition, fermentation losses, and starch and NDF digestibility of whole-plant corn silages // Revista Brasileira de Zootecnia. – 2024. – Vol. 53.
4.Özata E., Yıldırım G.H., Alaca B. Multi-year evaluation of silage yield, quality, and stability of maize (Zea mays L.) genotypes in the central Black Sea region of Türkiye // Scientific Reports. – 2026. – Vol. 12(4). – P. 245–263.
5.5 Ostonaqulov T.E., Jabborov B.Sh. Makkajo‘xori moslanuvchan yangi navlarining o‘sishi, fotosintetik faolligi hamda hosildorligining turli o‘g‘itlash va o‘stiruvchi stimulyatorlar me’yorlariga bog‘liqligi // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. – 2025. – №4 (22).
6.Ishmetov S., Abdiyev F. Makkajo‘xorining don hosildorligini oshirishda boshlang‘ich namunalarning tutgan o‘rni // AGRO ILM — O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. – 2024. – №4 [102]. – B. 15–16.
7.Israilov I.A., Xurammova N.M. Makkajo‘xori “Kelajak-100” navining ko‘chat sonini hosildorlikka ta’sirini o‘rganish // Vestnik agrarnoy nauki Uzbekistana (O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi). – 2023. – №6 (12/2).
8.McDonald P., Henderson A.R., Heron S.J.E. The Biochemistry of Silage. – 2nd ed. – Marlow: Chalcombe Publications, 1991. – 340 p.
9.Wilkinson J.M. Silage. – Lincoln: Chalcombe Publications, 2005. – 254 p.
10.Tadjiyev M. O‘zbekistonning janubiy sahro mintaqasi ekstremal iqlim sharoitlarida tuproq unumdorligi, g‘o‘za, kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirish va yem-xashak bazasini yaratishning ilmiy asoslari: Monografiya. – Qarshi: «Nasaf» nashriyoti, 2015. – 21,2 b.t.