XIX–XV ASIRLARDA XORAZMNING SHARQIY YEVROPA, VOLGABO‘YI VA YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN SAVDO-IQTISODIY VA MADANIY ALOQALARI
Keywords:
Keywords: Xorazm, Gurganj, Hazar xonligi, Volga Bulg‘oriyasi, Oltin O‘rda, Rus knyazliklari, Buyuk Ipak yo‘li, shimoliy tarmoq, tranzit savdo, arxeologik manbalar.Abstract
Mazkur tadqiqotda X–XV asrlarda Xorazm vohasining Sharqiy Yevropa, Volgabo‘yi, Rus knyazliklari va Yevropaning ayrim hududlari bilan shakllangan savdo-iqtisodiy hamda madaniy aloqalari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xorazmning Hazar xonligi, Volga Bulg‘oriyasi va Oltin O‘rda siyosiy-iqtisodiy tizimlari bilan munosabatlari, shuningdek, vohaning Yevroosiyoning sharqiy va g‘arbiy hududlarini bog‘lovchi savdo yo‘llaridagi tranzit mavqeyi yoritiladi. Yozma, arxeologik va numizmatik manbalarni qiyosiy tahlil qilish asosida Gurganj va boshqa shaharlarning mintaqalararo savdo almashinuvidagi o‘rni, karvon yo‘llarining yo‘nalishlari hamda tovar va pul muomalasining asosiy xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari Xorazmning shimoliy savdo yo‘nalishlari doirasida nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va ijtimoiy aloqalarni amalga oshirgan muhim mintaqaviy markazlardan biri bo‘lganini ko‘rsatadi.
References
1.Материалы по истории туркмен и Туркмении (МИТТ). Т. 1. – Москва–Ленинград: Изд-во АН СССР, 1939. – С. 180.
2.История народов Узбекистана. Т. 1. – Ташкент: Изд-во АН УзССР, 1950. – С. 229–231.
3.Машарипов Қ. Хоразмнинг Ўрта Шарқ ва Европа давлатлари савдо марказлари билан тарихий алоқалари (X–XV асрлар). – Урганч, 2005. – Б. 96.
4.Ibn Battuta. The Travels of Ibn Battuta, A.D. 1325–1354. Vol. III. / Translated by H.A.R. Gibb. – Cambridge: Cambridge University Press, 1971. – P. 541–547.
5.Джованни дель Плано Карпини. История монгалов / Пер. А.И. Малеина. – Санкт-Петербург, 1911. – С. 52–56.
6.Толстов С.П. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. – Toshkent: Fan, 1964. – B. 242–275.