MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARNING DAVLAT XARIDLARIDAGI ISHTIROKINI KENGAYTIRISHDA MOLIYAVIY RAG‘BATLARNING O‘RNI
Keywords:
Keywords: davlat xaridlari, mahalliy ishlab chiqaruvchi, moliyaviy rag‘bat, narx preferensiyasi, davlat buyurtmasi, mahalliylashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, raqobat, tadbirkorlik.Abstract
Mazkur tezisda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirishda moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarining o‘rni tadqiq etilgan. Davlat xaridlarining mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun barqaror talabni shakllantirish va raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun joriy etilayotgan yangi moliyaviy va institutsional mexanizmlar, jumladan, narx preferensiyalari, zakalat va komissiya to‘lovlarini moliyalashtirish imkoniyatlari, mahalliy auksionlar hamda mahalliylashtirish darajasiga bog‘liq bo‘nak to‘lovlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning davlat xaridlaridagi faolligini oshirishda moliyaviy rag‘batlarning ahamiyati asoslangan va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son “Mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va davlat xaridlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qarori bilan tasdiqlangan “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi”.
3.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-684-son, 2021-yil 22-aprel.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, 2022-yil 28-yanvar.
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Davlat xaridlari, tadbirkorlik va sanoat ishlab chiqarishiga oid statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2026.
6.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Davlat xaridlari tizimi bo‘yicha tahliliy va statistik ma’lumotlar. — Toshkent, 2026