QORAMOLLAR ANAPLAZMOZINING EPIZOOTOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ZAMONAVIY MOLEKULAR DIAGNOSTIKA USULLARI
Keywords:
Keywords: Qoramollar anaplazmozi, Anaplasma marginale, gemoparazitar kasallik, mikroskopiya, PSR, erta diagnostika, epizootologik monitoring.Abstract
Qoramollar anaplazmozi chorvachilik xo‘jaliklarida hayvonlar sog‘lig‘i va mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi transmissiv gemoparazitar kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisini erta aniqlash, uning hududiy tarqalish xususiyatlarini o‘rganish va samarali laboratoriya diagnostika usullarini qo‘llash veterinariya amaliyotida muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning ayrim hududlarida qoramollar anaplazmozining epizootologik holatini baholash hamda mikroskopik va polimeraza zanjir reaksiyasi (PSR) usullarini qo‘llash orqali Anaplasma marginale qo‘zg‘atuvchisini aniqlashdan iborat. Tadqiqotlar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi «Oltinsoy» va «Turdibek» fermer xo‘jaliklarida hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi «Do‘stboy» fermer xo‘jaligida olib borildi. Qon namunalari Romanovskiy-Gimza usulida bo‘yalib, mikroskopik tekshirildi. Musbat namunalarda qo‘zg‘atuvchi DNKsini aniqlash uchun PSR usulidan foydalanildi. Jizzax viloyatida tekshirilgan 40 ta qon namunasining 21 tasida (52,5%) A. marginale aniqlandi. PSR usulida tekshirilgan 11 ta musbat namunada qo‘zg‘atuvchi DNKsi tasdiqlandi. Qashqadaryo viloyatidan olingan 10 ta namunada esa qo‘zg‘atuvchi aniqlanmadi. Natijalar mikroskopik va molekular-genetik usullarni kompleks qo‘llash kasallikni erta aniqlash va epizootologik monitoringni takomillashtirishda muhimligini ko‘rsatdi.
References
1.World Organisation for Animal Health (WOAH). Bovine anaplasmosis. Terrestrial Manual. Paris: WOAH.
2.Torioni de Echaide S., Knowles D.P., McGuire T.C., Palmer G.H., Suarez C.E., McElwain T.F. Detection of cattle naturally infected with Anaplasma marginale in a region of endemicity by nested PCR and a competitive enzyme-linked immunosorbent assay using recombinant major surface protein 5. Journal of Clinical Microbiology. 1998;36(3):777–782. doi:10.1128/JCM.36.3.777-782.1998.
3.Carelli G., Decaro N., Lorusso A., Elia G., Lorusso E., Mari V., Ceci L., Buonavoglia C. Detection and quantification of Anaplasma marginale DNA in blood samples of cattle by real-time PCR. Veterinary Microbiology. 2007;124(1–2):107–114. doi:10.1016/j.vetmic.2007.03.022.
4.Reinbold J.B., Coetzee J.F., Hollis L.C., et al. Comparison of three diagnostic methods for the detection of Anaplasma marginale infection in cattle. Veterinary Parasitology. —
5.Decaro N., Carelli G., Ceci L., Lorusso E., Lucente M.S., Mari V., Buonavoglia C. Serological and molecular investigations of Anaplasma marginale infection in cattle. —
6.Ganguly N., Kumar N., Solanki J.B., Kalyani I.H., Thakuria N., Patel D.C. Loop-mediated isothermal amplification assay for the rapid detection of Anaplasma marginale in cattle based on major surface protein 5 gene. Journal of Vector Borne Diseases. 2023;60(1):49–56. doi:10.4103/0972-9062.353249.