INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SUN’IY INTELLEKT DISKURSINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI: ZAMONAVIY TADQIQOTLAR TALQINI
Keywords:
Keywords: sun’iy intellekt diskursi, lingvopragmatika, ingliz tili, o‘zbek tili, kommunikativ niyat, nutqiy akt, implikatura, presuppozitsiya, xushmuomalalik strategiyalari, pragmatik adekvatlik.Abstract
Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt diskursining lingvopragmatik xususiyatlari so‘nggi yillardagi ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning qarashlari tahlili orqali sun’iy intellekt bilan muloqotda kommunikativ niyat, nutqiy aktlar, implikatura, presuppozitsiya, xushmuomalalik strategiyalari va kontekstga moslikning o‘rni ochib beriladi. Inglizcha va o‘zbekcha so‘rovlarning bevositalik, bilvositalik hamda murojaat vositalariga oid kuzatuvlari umumlashtirilib, sun’iy intellekt yaratgan matnlarning til jihatidan to‘g‘riligi va pragmatik adekvatligi o‘rtasidagi farq muhokama qilinadi. Ushbu diskursni qiyosiy o‘rganishda kommunikativ vaziyat va lingvomadaniy omillarni hisobga olish zarurligi asoslanadi.
References
1.Ma B. et al. Pragmatics in the Era of Large Language Models: A Survey on Datasets, Evaluation, Opportunities and Challenges. Proceedings of ACL. 2025. P. 8679–8696..
2.Sravanthi S., Doshi M., Tankala P., Murthy R., Dabre R., Bhattacharyya P. PUB: A Pragmatics Understanding Benchmark for Assessing LLMs’ Pragmatics Capabilities. Findings of ACL. 2024. P. 12075–12097.
3.Wu S., Yang S., Chen Z., Su Q. Rethinking Pragmatics in Large Language Models: Towards Open-Ended Evaluation and Preference Tuning. Proceedings of EMNLP. 2024.
4.Yin Z., Wang H., Horio K., Kawahara D., Sekine S. Should We Respect LLMs? A Cross-Lingual Study on the Influence of Prompt Politeness on LLM Performance. Proceedings of SICon. 2024. P. 9–35.
5.Zhao H., Hawkins R. D. Comparing Human and LLM Politeness Strategies in Free Production. Proceedings of EMNLP. 2025. P. 16188–16216.
6.Aliyeva D. Sh. Comparative Linguo-Pragmatic Analysis of Prompt Engineering Strategies in English and Uzbek. Science Time. 2026. Vol. 4, № 5/2. P. 679–689.