FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA INDIGOFERA TINCTORIA L. NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH IMKONIYATLARI

Authors

  • Urmonov Shukurjon Shuxratjon o‘g‘li Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston Author

Keywords:

Keywords: Indigofera tinctoria L., Farg‘ona viloyati, bioekologiya, introduksiya, urug‘ unuvchanligi, vegetatsiya, tabiiy indigo, agrotexnologiya, tuproq-o‘simlik tizimi, sho‘rlanish, biomassa.

Abstract

Ushbu maqolada Indigofera tinctoria L. ning Farg‘ona viloyati sharoitidagi bioekologik xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanishi, urug‘ unuvchanligi, fenologik ko‘rsatkichlari, tuproq-o‘simlik munosabatlari hamda yetishtirish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy-metodik asosini Farg‘ona vodiysi sharoitida olib borilgan mahalliy tadqiqotlar, O‘zbekiston hududlarida I. tinctoria introduksiyasi va agrotexnologiyasiga bag‘ishlangan dissertatsiya materiallari hamda zamonaviy xorijiy ilmiy manbalar tashkil etdi. Adabiyotlar tahlili natijasida I. tinctoria ning rivojlanishi harorat, namlik, yorug‘lik, tuproq xususiyatlari va agrotexnik tadbirlar bilan chambarchas bog‘liqligi aniqlandi. To‘raboyeva tadqiqotida laboratoriya sharoitida urug‘larning eng yuqori unuvchanligi +25 °C haroratda 93 % ni tashkil etgani, o‘simlik vegetatsiyasi 155–190 kun davom etgani va gullash jarayonining ekologik omillarga bog‘liqligi aniqlangan.¹ Farg‘ona sharoitida Qoraboyev tadqiqotlari I. tinctoria ning sug‘oriladigan o‘tloqi, o‘tloqi-voha va sho‘rxok tuproqlarda o‘sishi, tuproq unumdorligi va sho‘rlanish jarayonlariga ta’sirini ko‘rsatgan.² Tadqiqot natijalari I. tinctoria ni Farg‘ona viloyatida tabiiy bo‘yoq xomashyosi, biomassa manbai va agroekologik jihatdan istiqbolli dukkakli o‘simlik sifatida o‘rganish imkoniyatlari yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, hududning muayyan tuproq-iqlim sharoitlariga mos optimal ekish muddati, sug‘orish rejimi, oziqlantirish tizimi va hosilni yig‘ish muddatlarini dala tajribalari asosida aniqlash zarur.

References

1.Rao P.S., Fatima N., Siddiqui M.H. et al. Indigofera tinctoria: the blue gold of India’s sustainable future. Discover Sustainability. 2025. Vol. 6. Article 1135. DOI: 10.1007/s43621-025-01120-0.

2.Qoraboyev X.V. Sug‘oriladigan tuproqlarda “tuproq – Indigofera tinctoria o‘simligining” biogeokimyoviy xususiyatlari (G‘arbiy Farg‘ona tuproqlari misolida). Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Farg‘ona: Farg‘ona davlat universiteti.

3.To‘raboyeva G.N. Introduksiya sharoitlarida Indigofera tinctoria L. ning bioekologik xususiyatlari va samarali foydalanish yo‘llari. Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2025.

4.Vennila S., Kumaran K., Mathivanan M. et al. Effect of Pre-Sowing Seed Treatment on Seed Germination and Seedling Vigour in Natural Dye-yielding Species Blue Gold (Indigofera tinctoria L.). Journal of Experimental Agriculture International. 2025. Vol. 47, No. 2. P. 302–309. DOI: 10.9734/jeai/2025/v47i23290.

5.Isroilov B., Ayasov X. Germination of seeds of indigofer medicinal and dye (Indigofera tinctoria L.). Life Sciences and Agriculture. 2020. No. 3(7). DOI: 10.24411/2181-0761/2020-10121.

6.Qoraboyev X.V., Azimov N. Sh. Indigofera tinctoria Linn o‘simligi tarkibidagi umumiy oqsil miqdorini o‘rganish // FarDU ilmiy xabarlari. 2023. Vol. 29, No. 5. P. 62. DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a62.

7.Qoraboyev X.V. Mikroelementlarning “tuproq – Indigofera tinctoria o‘simligi” zanjiridagi biogeokimyoviy xususiyatlari // Qo‘qon DPI. Ilmiy xabarlar. 2025. №10. A seriya.

8.Zargaran Khouzani M.R., Gharineh M.H., Koochek Zadeh A., Lotfi Jalal Abadi A. Beyond Dye and Medicine: Reviving Indigofera tinctoria L. Cultivation for Water Sustainability, Fodder Resilience and Economic Opportunity in Iran // Asian Journal of Research in Botany. 2025. Vol. 8, No. 1. P. 337–347. DOI: 10.9734/ajrib/2025/v8i1267.

9.Thanuja T.T., Sonia N.S., Nair D.S. Indigofera tinctoria L.: A Comprehensive Review on Botany, Phytochemistry, Agronomy and Pharmacological Perspectives // Journal of Advances in Biology & Biotechnology. 2026. Vol. 29, No. 3. P. 379–388. DOI: 10.9734/jabb/2026/v29i33743.

Downloads

Published

2026-10-22