XURSHID DO‘STMUHAMMADNING “DONISHMAND SIZIF” ASARIDA SIZIF OBRAZINING BADIIY-FALSAFIY TRANSFORMATSIYASI
Keywords:
Keywords: Kalit so‘zlar: Xurshid Do‘stmuhammad, “Donishmand Sizif”, Sizif, mifologik obraz, transformatsiya, intertekstuallik, ekzistensializm, badiiy-falsafiy talqin.Abstract
Mazkur tezisda Xurshid Do‘stmuhammadning “Donishmand Sizif” asarida Sizif obrazining badiiy-falsafiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotda qadimgi yunon mifologiyasidagi Sizif obrazi, Albert Kamyuning “Sizif haqida afsona” asaridagi ekzistensial talqin hamda Xurshid Do‘stmuhammad yaratgan badiiy obraz o‘zaro qiyoslanadi. Asosiy e’tibor Sizif obrazining an’anaviy mifologik mazmundan zamonaviy falsafiy-estetik mazmunga transformatsiyalanishiga qaratiladi. Shuningdek, asar nomidagi “donishmand” komponentining obraz semantikasini kengaytirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijasida yozuvchining Sizif timsoli orqali inson, taqdir, hayot mazmuni va ruhiy izlanish masalalarini yangicha badiiy talqin qilgani asoslanadi.
References
1.Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent, 2010.
2.Do'sthammad X. Donishmand Sizif. – Toshkent, 2026.
3.Asadov M. Alber Kamyu va Xurshid Do'stmuhammad prozasida absurd qahramon muammosi. "So'z san'ati so'zligi" . – 2020. – 3-jild, 2-son. – Toshkent, 2020.
4.Camus A. The Myth of Sisyphus. — London:- 2013.