MAHALLIY ISHLAB CHIQARILAYOTGAN SUT MAHSULOTLARINING GIGIYENIK HOLATI VA MIKROBIOLOGIK XAVFSIZLIGINI BAHOLASH

Authors

  • Zakirova M.R. Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent texnika fanlari nomzodi, professor Author
  • Qayumova N.A. Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Funktsional mahsulotlar kafedrasi magistranti Author
  • Gazieva Shahzoda Qahramonovna Author

Keywords:

Keywords: sut mahsulotlari, mikrobiologik xavfsizlik, bakterial ifloslanish, gigiyena, koliform bakteriyalar, patogen mikroflora, Toshkent, oziq-ovqat sifati, ishlab chiqarish nazorati.

Abstract

Ushbu  maqolada  Toshkent  shahrida  ishlab  chiqarilayotgan  mahalliy  sut mahsulotlarining gigiyenik holati va mikrobiologik xavfsizligi o‘rganilgan tadqiqot natijalari  yoritilgan.  Tadqiqot  davomida  sut,  qatiq,  yogurt,  smetana  va  tvorog namunalarining  umumiy  bakterial  soni,  koliform  bakteriyalar  hamda  patogen mikroorganizmlar   mavjudligi   aniqlangan.   Tahlillar   natijalariga   ko‘ra,  ayrim mahsulotlarda sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilinmagani kuzatildi. Shu bilan  birga,  yirik  ishlab  chiqaruvchilarning  mahsulotlari  nisbatan  yuqori  sifat ko‘rsatkichlariga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Mavzu dolzarbligi shundaki, sut mahsulotlari aholining kundalik ovqatlanishida asosiy oziqaviy manba bo‘lib, oqsil, yog‘lar, vitaminlar va mineral moddalar bilan boyitilgan. Biroq mikrobiologik ifloslanish, xom sut sifatining pastligi yoki ishlab chiqarish jarayonida sanitariya talablariga rioya qilinmasligi sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi  mumkin.  Shu   sababli,  ushbu   tadqiqot   nafaqat  mahalliy   ishlab chiqaruvchilarning mahsulot sifatini baholash, balki iste’molchilarga xavfsiz, sifatli sut mahsulotlarini taqdim etish tizimini rivojlantirish uchun ham muhimdir. Maqolada laboratoriya tahlil usullari, mikrobiologik nazorat mezonlari, gigiyenik monitoringning ahamiyati va iste’mol xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar batafsil tahlil qilinadi.

References

1.Bitton G. Wastewater Microbiology. John Wiley, Sons, 2011.

2.Metcalf, Eddy. Wastewater Engineering: Treatment and Reuse. McGraw-Hill, 2014.

3.Zakirova M.R. Mikrobiologiya. Darslik, “Ijod-Print” nashriyoti, Toshkent, 2024.

4.Rasulova G., Karimova D. Oziq-ovqat gigiyenasi va mikrobiologiyasi. Toshkent, 2020.

5.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Sut mahsulotlariga gigiyenik talablar me’yori, 2019.

6.FAO/WHO. Milk and Milk Products: Safety and Quality Guidelines, 2021

Downloads

Published

2026-10-23