ANBAR OTIN IJODIDA VATANPARVARLIK VA, MILLIY ISTIQLOL G‘OYASI.
Keywords:
Keywords: Anbar Otin Marg‘ilonni onaga qiyoslaydi. Ona o‘z farzandini qanday mehr bilan to‘ydirib, kiyintirib, jamiyatga yuzini yorug‘ qilib qo‘ysa, Marg‘ilon shahri ham butun olamga, insoniyatga o‘zining betakror san’ati, madaniyati va hunarmandchiligi bilan ziynat bag‘ishlaydi.Abstract
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod etgan o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi Anbar Otin (Farmonqul qizi) o‘zining o‘tkir ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan ajralib turadi. Uning ijodida vatanparvarlik, xalqparvarlik, ma’rifat va milliy o‘zlikni anglash g‘oyalari muhim o‘rin tutadi O‘zbek mumtoz shoiralari ijodini kuzatar ekanmiz ular ijodida ikki tuyg‘u vatanga muhabbat va uning dushmanlariga nafrat ko‘pincha kontrast holida keladi.Bu ularning mohir iste’dod egasi ekanligini ko‘rsatadi. Anbar Otin ham ana shunday iste’dod sohibasi. Shoira sevgan tabiat boyliklari, buloqlar, mevalar va qonlar bilan to‘lib toshgan yurtda hamma qashshoq yashaydi deya ta’rif beradi. Anbar otin “Mulki Farg‘ona” deb boshlanuvchi g‘azalida bag‘ri keng va sahiy Farg‘ona vodiysini faxr bilan ta‘rif etadi. “Farg‘ona diyori dostonlarga yoqimli mavzu bo‘lgandir” deb so‘z boshlagan Anbar otin shaharlardagi aholining asosiy mashg‘ulotlarini ham birinchi navbatda ko‘zda tutadiki, bu shoira sherlariga alohida fazilat baxsh etadi. Marg‘ilon bugungi kunda ham o‘zining atlas-shohilari bilan mashhurdir. Marg`ilon kosiblarining ota-bobolari ham ana shu hayot uchun zaruriy kasb bilan nom taratganlar.
References
1.Anbar otin .She`rlar,inv,№1647, 117-sahifa.
2.O‘zbek adabiyoti tarixi" (5 jildlik, 5-jild) Toshkent: «Fan» nashriyoti . 1980
3.F. Husainova. "Demokrat shoira Anbar Otin" O‘zbekiston SSR «Fan» nashriyoti.1964.